Andijon davlat pedagogika institutida Rektor olimpiadasi doirasidagi sport musobaqalari davom etmoqda

Andijon davlat pedagogika institutida “Rektor olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida talabalar örtasida sportning stol tennisi hamda yengil atletika turlari böyiça bellaşuvlar qizğin ruhda ötkazilmoqda.
Mazkur musobaqalardan közlangan asosiy maqsad — talaba-yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, ularning jismoniy faolligini oşiriş hamda sportga bölgan qiziqişini yanada kuçaytirişdan iborat.

Stol tennisi bahslarida iştirokçilar özlarining tezkorligi, aniqligi va taktik mahoratini namoyon etayotgan bölsa, yengil atletika yönalişida ötkazilayotgan musobaqalarda talabalar çaqqonlik, çidamlilik va irodaviy sifatlarini sinovdan ötkazmoqda.

Qizğin va murosasiz keçayotgan bellaşuvlar davomida har bir iştirokçi ğalaba sari intilib, öz fakulteti şa’nini munosib himoya qilmoqda.
Musobaqalar yakunida ğolib va sovrindorlar aniqlanib, ular taşkilotçilar tomonidan munosib taqdirlanişi rejalaştirilgan.