Talabalar örtasida kibersport musobaqasi ötkazildi

11.04.20263

Talabalar örtasida kibersport musobaqasi ötkazildi 

Talabalar turar joyida yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, zamonaviy axborot texnologiyalariga qiziqişini oşiriş hamda jamoaviylik va soğlom raqobat muhitini şakllantiriş maqsadida Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti tyutori M. Umaraliyev taşabbusi bilan kibersport musobaqasi taşkil etildi.

Mazkur musobaqada Iqtisodiyot yönalişi 1-bosqiç 95-guruh talabalari hamda Logistika yönalişi 1-bosqiç 68-guruh talabalari faol iştirok etdilar. Bellaşuv davomida iştirokçilar özlarining tezkor fikrlaş qobiliyati, strategik yondaşuvi va jamoa bilan işlaş könikmalarini namoyon etdilar.

Musobaqa qizğin va murosasiz bahslarga boy tarzda ötdi. Unda iştirok etgan talabalar nafaqat özaro kuç sinaşdilar, balki kibersport orqali zamonaviy texnologiyalarni yanada çuqur örganiş imkoniyatiga ega böldilar.

Tadbir yakunida faol va yuqori natija körsatgan jamoalar munosib rağbatlantirildi. Uşbu musobaqa yoşlar örtasida döstona muhitni mustahkamlaş, ularning intellektual salohiyatini rivojlantiriş hamda raqamli texnologiyalar sohasiga bölgan qiziqişini yanada oşirişga xizmat qildi.