“Kiçik qadam — katta özgariş sari!”

27.04.20263

Nizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universitetida “Kiçik qadam — katta özgariş sari!” şiori ostida ekologik tadbir ötkazildi.

2026-yil 24-aprel kuni Nizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti mamlakatimizda böylab amalga oşirilayotgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida öziga xos ekologik aksiya taşkil etildi. Universitetning Maktabgaça va boşlanğiç ta’lim fakulteti, Boşlanğiç ta’lim pedagogikasi kafedrasi professor-öqituvçilari hamda 3-bosqiç köngilli talabalari taşabbusi bilan “Çiqindisiz kun – Zero waste day” mavzusida ekologik challenge ötkazildi.

“Kiçik qadam — katta özgariş sari!” şiori ostida ötgan uşbu tadbirning asosiy maqsadi — yoşlar örtasida ekologik madaniyatni yuksaltiriş, atrof-muhitni muhofaza qilişga mas’uliyat bilan yondaşiş va tabiatni asraş könikmalarini şakllantirişdan iborat böldi.

Tadbirda faxriy mehmon sifatida quyidagi mutasaddi vakillar iştirok etdilar:
 S.T.Fayziyeva – Özbekiston Ekologik partiyasi Toşkent şahar Kengaşi raisi;
 Ş.M. Umarxöjayeva – Özbekiston Ekologik partiyasi Toşkent şahar Kengaşi raisi örinbosari;
 M.Tusunova – Özbekiston Ekologik partiyasi Çilonzor tuman partiya taşkiloti raisi.

Challenge davomida talabalar va öqituvçilar universitet hududini obodonlaştiriş, çiqindilarni saralaş va ekologik tozalikni ta’minlaş borasida öz mahoratlarini namoyiş etdilar. Iştirokçilarning faoliyati hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi nominatsiyalar böyiça munosib baholandi.