Toşkent davlat transport universiteti olimi Nukusda ötkazilgan “Orolböyi ezgu niyat elçilari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi

28.04.20263

Toşkent davlat transport universiteti olimi Nukusda ötkazilgan “Orolböyi ezgu niyat elçilari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi

Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahridagi Yoş tomoşabinlar teatrida “Orol tubiga eko-ta’lim sayohatlari” haftaligi doirasida “Orolböyi ezgu niyat elçilari” mavzusidagi xalqaro konferensiya bölib ötdi. Mazkur nufuzli tadbirda Toşkent davlat transport universiteti vakili ham faol iştirok etdi.

Konferensiyada Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi mas’ullari, mahalliy va xorijlik olimlar, “Green University” professorlari hamda respublikamizning turli hududlaridan taşrif buyurgan 200 ga yaqin yoşlar qatnaşdi.

         

Tadbirda Toşkent davlat transport universitetining “Transport energetik qurilmalari” kafedrasi mudiri, dotsent Axmatjanov Ravşanjon Nematjonoviç iştirok etib, “Orol dengizi mintaqasida barqaror rivojlaniş masalalari” mavzusida ilmiy ma’ruzasi bilan çiqiş qildi.

Anjuman davomida Orol dengizining qurigan tubida ekotizimni tiklaş, yaşil qoplamalar yaratiş, çöllanişga qarşi kuraş hamda iqlimga bardoşli texnologiyalarni joriy etiş kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, universitetimiz olimi tomonidan mintaqada barqaror rivojlanişni ta’minlaşning energetik va ekologik jihatlariga oid takliflar ilgari surildi.

Mazkur konferensiya Orolböyi hududida ekologik barqarorlikni ta’minlaş va sohaga oid malakali kadrlar tayyorlaş borasida öziga xos ilmiy-tajriba maydoniga aylandi.