Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi nişonlandi

Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti Energo-mexanika fakultetida Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan adabiy keça taşkil etildi.
Unda fakultetning kitobxon talabalari, tyutorlar, professor-öqituvçilar, Axborot resurs markazi vakillari va boşqalar iştirok etdi. Dastlab, Muhammad Yusufning xalqçil şeʼriyati, yoşlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşdagi ahamiyati haqida gapirilib, atoqli ijodkorning mazmunli umr yöli hamda kitoblari yodga olindi.

Şundan söng, talabalar va ustozlar tomonidan şoir asarlaridan namunalar mahorat bilan ijro etildi. Yakunda eng faol iştirokçilar Yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat bölimi tomonidan badiiy kitoblar bilan taqdirlandi.