ÖzMU talabasi “Asakabank”ning “Yoş matematik” stipendiyasi ğolibi böldi
Özbekiston Milliy universiteti Matematika fakultetining iqtidorli talabasi Eraliyeva Ozoda Muhammadali qizi “Yoş matematik” stipendiyasi ğolibi böldi.

“Asaka Tower” binosida bölib ötgan taqdirlaş marosimida ğolibga “Yoş matematik” stipendiyasining sertifikati hamda esdalik sovğalari tantanali ravişda topşirildi.
Ma’lumot örnida, “Asakabank” Özbekiston Respublikasi Prezidentining ilm-fanni rivojlantirişga bağişlab ötkazilgan yiğilişda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida, Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston milliy universiteti bilan hamkorlikda “Yoş matematik” stipendiyasini taʼsis etgan.

Bundan maqsad, matematika yönalişidagi qobiliyatli yoşlarni rağbatlantiriş, iqtidorli talabalarni qöllab-quvvatlaş, bilimini yuksaltiriş, intellektual rivojlantiriş hamda munosib taqdirlaşdan iborat.