ADPIda işlovçi talabalar bilan oçiq muloqot: taşabbuslar va takliflar muhokama qilindi

30.04.20264

ADPIda işlovçi talabalar bilan oçiq muloqot: taşabbuslar va takliflar muhokama qilindi

Andijon davlat pedagogika institutida Payşanba — Yoşlar kuni doirasida talaba-yoşlar bilan oçiq muloqot taşkil etildi. Unda institut rektori Baxtiyor Rasulov institutda tahsil olib, bir vaqtning özida institutda mehnat faoliyatini yuritayotgan talabalar bilan uçraşib, ularning taklif va taşabbuslarini tingladi.

Samimiy va konstruktiv ruhda ötgan uçraşuv davomida talabalar tomonidan ta’lim sifati, iş va öqişni uyğun taşkil etiş, mehnat şaroitlarini yaxşilaş, moddiy va ma’naviy rağbatlantiriş, şuningdek, böş vaqtni mazmunli taşkil etişga doir bir qator muhim masalalar ilgari surildi. Har bir murojaat diqqat bilan eşitilib, ularni hal etiş yuzasidan aniq çora-tadbirlar belgilab olindi.

         

Uçraşuvda institut rahbariyati tomonidan talabalarning bandligini ta’minlaş, ularni qöllab-quvvatlaş hamda taşabbuskor yoşlarni rağbatlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Mazkur oçiq muloqot talaba-yoşlar bilan samarali hamkorlikni yanada mustahkamlaş, ularning muammolarini öz vaqtida aniqlaş va yeçim topiş, eng asosiysi, yoşlarning fikriga hurmat bilan qaraş tamoyilini amalda ta’minlaşga xizmat qildi.