Milliy libos — ma’naviyat közgusi!

Özbek milliy liboslari – bu nafaqat taşqi gözallik, balki xalqimizning boy tarixi, asriy an’analari va milliy qadriyatlarini özida mujassam etgan bebaho merosdir. Har bir libosda ajdodlarimizning didi, hayot tarzi va dunyoqaraşi öz aksini topgan.
Milliy liboslarimiz milliy ğururimizning timsoli bölib, ularni kiyiş orqali biz özligimizni namoyon etamiz, madaniyatimizni uluğlaymiz va uni kelajak avlodlarga yetkazamiz. Atlas va adras kabi nafis matolar, milliy naqşlar hamda bezaklar öziga xos joziba va ma’no kasb etadi.
Bugungi kunda ham milliy liboslar zamonaviy uslublar bilan uyğunlaşib, nafaqat bayram va tantanalarda, balki kundalik hayotimizda ham öz örnini topmoqda. Bu esa milliy merosimizning barhayot ekanidan dalolat beradi.
Milliy libos – bu özligimizni anglaş, tariximizni his etiş va ma’naviyatimizni yuksaltirişning eng gözal ifodasidir!