Jizzax politexnika institutida “Yangi Özbekiston: Ilm qaldirğoçlari – 2026” V xalqaro talabalar anjumani bölib ötdi

2026-yil 2-may kuni Jizzax politexnika institutida “Yangi Özbekiston: Ilm qaldirğoçlari – 2026” nomli V xalqaro talabalar anjumani taşkil etildi (https://t.me/jizpi_online/58177).
Anjuman ikki qismdan iborat bölib ötkazildi:
🔹 “Talabalarning ilmiy-texnik konferensiyasi”;
🔹 “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot işlari tanlovi”.
Ilmiy-texnik konferensiya 5 ta şöba böyiça, ilmiy-tadqiqot işlari tanlovi esa 8 ta nominatsiya asosida taşkil etildi.

Mazkur xalqaro anjumanda 5 ta xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalaridan 12 nafar vakil hamda respublikamizdagi 14 ta oliy ta’lim muassasasidan 300 nafardan ortiq iqtidorli talabalar va ularning ilmiy rahbarlari iştirok etdi.
Anjuman davomida respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli bakalavr va magistrlarning innovatsion ğoyalari hamda ilmiy işlanmalarini amalga oşirişdagi muammolar va ularning yeçimlari yuzasidan özaro fikr almaşildi.
Anjuman Respublika fan va texnologiyalarini rivojlantirişning ustuvor yönalişlaridan biri — “Energetika, energiya va resurstejamkorlik” yönalişi doirasida taşkil etildi.
Yalpi yiğilişda:
— Qirğiziston DTU;
— XXRning Hebei International Studies University;
— M. Avezov nomidagi Janubiy Qozoğiston universiteti;
— “Uzsanoatquriliş” ATB;
— “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi;
— “Knauf Gips Buxoro” XK MÇJ;
— “Bazalt Uzbekistan” sanoat klasteri vakillari öz ma’ruzalari bilan iştirok etdilar.
Tanlov nominatsiyalarida xorijiy va respublika OTMlaridan 146 nafar talaba öz ilmiy-tadqiqot işlari bilan qatnaşdi. Işlarni baholaş jarayonida respublika OTMlari hamda işlab çiqariş taşkilotlaridan taşrif buyurgan 8 nafar fan doktori, professor va 14 nafar PhD, dotsent ekspert sifatida faoliyat olib bordi.
Xalqaro anjumanda arxitektura va quriliş yönalişida tahsil olayotgan talaba-magistrlar bilan bir qatorda:
— “Uzsanoatquriliş” ATB;
— “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi;
— “Knauf Gips Buxoro” XK MÇJ;
— “Bazalt Uzbekistan” sanoat klasteri mutaxassislari ham iştirok etib, talabalar ilmiy işlari ekspertizasi jarayonida faol qatnaşdilar.
Anjumanda “Uzsanoatquriliş” ATB, “Knauf Gips Buxoro” XK MÇJ, “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi hamda “Bazalt Uzbekistan” sanoat klasteri tomonidan tanlov ğoliblariga esdalik sovğalari topşirildi.