Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri yuqori saviyada taşkil etildi. Unda 1973 yilda mazkur ta’lim muassasasini muvaffaqiyatli tamomlagan soha faxriylari hamda sobiq bitiruvçilar iştirok etdilar. Mazkur uçraşuv universitetning boy tarixi, mustahkam an’analari va avlodlar vorisligini yanada kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir davomida iştirokçilar özlarining talabalik yillari bilan boğliq xotiralari, mehnat faoliyatida qölga kiritgan yutuqlari hamda bugungi kunda sport sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar xususida fikr almaşdilar. Şuningdek, universitetda yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar va ta’lim sifati iştirokçilar tomonidan yuqori baholandi.

Uçraşuvning eng ta’sirli va yodda qolarli lahzalaridan biri sifatida sobiq bitiruvçilar tomonidan Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi professori Z. Gapparovga samimiy tabriklar yöllandi. Ustozning köp yillik samarali ilmiy-pedagogik faoliyati, şuningdek, malakali mutaxassislar tayyorlaşdagi beqiyos hissasi alohida e’tirof etildi.
Tadbir samimiy va döstona muhitda ötib, barça iştirokçilarda iliq taassurotlar qoldirdi.
Bunday uçraşuvlar universitet bitiruvçilari örtasidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlaş, ularning boy tajribasini yoş avlodga yetkaziş hamda ta’lim va sport sohalarini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.