Kino-terapiya maşğuloti muvaffaqiyatli ötkazildi

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan işlaş” bölimi psixologi Ş.Böstonova taşabbusi bilan Şarq filologiyasi fakulteti dekan muovini U.Nazarov hamda Ingliz filologiyasi fakulteti Yoşlar ittifoqi sardori Ş.Meliqöziyeva hamkorligida “Yoşlar kuni” doirasida talabalar turar joyida istiqomat qiluvçi talabalar uçun oçiq osmon ostida navbatdagi kino-terapiya maşğuloti taşkil etildi.
Maşğulot davomida The Pursuit of Happyness filmi namoyiş etildi.

Mazkur film şunçaki badiiy asar emas — u real hayotiy voqealarga asoslangan bölib, insonning qiyinçiliklarga qaramay oldinga intilişi, sabr va matonati haqida çuqur mazmunli hikoya qiladi.
Maşğulot davomida iştirokçilar film qahramoni misolida:
— qiyin vaziyatlarda ham imkoniyat izlaş;
— öziga bölgan işonçni yöqotmaslik;
— maqsad sari qat’iyat bilan intiliş
kabi muhim xulosalarga kelişdi.
Eng muhim xulosa:
Har qanday qiyinçilik vaqtinçalik, biroq sabr, işonç va harakat insonni albatta muvaffaqiyat sari yetaklaydi.