Özbekiston Milliy universitetida xorijlik talabalar festivali bölib ötdi

11.05.20263
Özbekiston Milliy universitetida xorijlik talabalar festivali bölib ötdi

     

 Bugun Özbekiston Milliy universitetida xorijlik talabalar iştirokida “Bir oila — turfa madaniyat — yagona kelajak” ğoyasi ostida festival taşkil etildi.

Mazkur tadbir turli millat va madaniyat vakillari örtasida döstlik, özaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlaşga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi. Unda universitet rahbariyati, soha prorektorlari, bölim boşliqlari, professor-öqituvçilar, mahalliy hamda turli mamlakatlardan kelib tahsil olayotgan xorijlik talabalar iştirok etdi.

      
 Festivalni universitetning xalqaro aloqalar böyiça prorektori Komil Inoqov oçib berdi. U öz sözida bu kabi tadbirlar jamiyatda oçiqlik muhitini şakllantiriş, millatlararo döstlikni mustahkamlaşda muhim örin tutişini ta’kidladi.

Tadbirda turli millatlarga xos badiiy-musiqiy çiqişlar, milliy kuy-qöşiq va raqslar, sahnaviy körinişlar namoyiş etildi. Şuningdek, iştirokçilar turli xalqlarga xos an’anaviy taomlar körgazmasi orqali öz madaniyati va milliy qadriyatlarini keng tarğib qildilar.