NamDTU — Millatlararo döstlik va bağrikenglik markazi!

Namangan davlat texnika universitetida haqiqiy "Döstlik bayrami" bölib ötdi. Yoşlar kuni munosabati bilan universitetimizning Xalqaro hamkorlik bölimi hamda Xalqaro volontyorlar jamoasi taşabbusi ostida özgaça şukuhdagi tadbir taşkil etildi.
✔️ "Döstlik, birdamlik va bağrikenglik" şiori ostida ötgan uşbu milliy taomlar festivali xalqaro professorlar va xorijlik talabalarni bir dasturxon atrofida birlaştirdi.
‼️Tadbirni NamDTU Xalqaro hamkorlik bölimi boşliği Islomjon Ergaşev oçib berar ekan, bugungi global ziddiyatlar murakkab bölgan davrda millatlararo totuvlik, özaro hurmat va bağrikenglik har qaçongidan ham dolzarb ekanligini alohida ta’kidladi.
🌐 Dasturxon ustida jahon böylab sayohat:
✨Festival iştirokçilari öz milliy madaniyatlari va pazandaçilik san’atlarini namoyiş etdilar. Mehmonlar quyidagi şohona taomlardan bahramand bölişdi:
🇯🇴 Iordaniya: Xuşböy ziravorlarga boy - Kabsa
🇹🇷 Turkiya: Maşhur "Sarma" va qarsildoq - Sigara Borek
🇰🇬 Qirğiziston: Milliy iftixor sanalgan - Bogirsak
🇵🇸 Falastin: An’anaviy va mazali - Maqluba
🇧🇩 Bangladeş: Dengiz va daryo ne’mati — Rohurpuri hamda öziga xos Posto
💬Tadbir faqatgina taomlar tanovi emas, balki qizğin muloqot va samimiy suhbatlar maydoniga aylandi. Turli xalq vakillari bölgan professor va talabalar özaro fikr almaşib, döstlik riştalarini yanada mustahkamladilar.
Maqsadimiz bitta: Turli madaniyatlar, yagona maqsad — ilm va tinçlik yölida birlaşiş!