TDMAU öqituvçilari “BYD Uzbekistan Factory” zavodida malaka oşirmoqda

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “ta’lim–fan–işlab çiqariş” integratsiyasini mustahkamlaş borasidagi amaliy işlar izçil davom etmoqda. Oliygoh professor-öqituvçilari işlab çiqariş korxonalarida stajirovka ötaş orqali zamonaviy tajribalarni örganmoqdalar.
Xususan, Mexanika va konçilik işi fakulteti “Transport muhandisligi va logistikasi” kafedrasi öqituvçilari hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş maqsadida “BYD Uzbekistan Factory” MÇJ qöşma korxonasida 36 soatlik stajirovka jarayonida iştirok etmoqda.
Professor-öqituvçilar zavodda zamonaviy avtomobilsozlik texnologiyalari, logistika, işlab çiqariş boşqaruvi va innovatsion yeçimlar bilan yaqindan tanişib, amaliy könikmalarini mustahkamlamoqdalar.