Jizzax politexnika instituti akademik litseyi jamoasi iştirokida “Rektor va yoşlar uçraşuvi” taşkil etildi.

Unda akademik litseyning 2025–2026-öquv yili davomida amalga oşirilgan faoliyati sarhisob qilinib, öquvçi-yoşlarning erişgan yutuqlari e’tirof etildi.
Tadbirda Jizzax politexnika instituti rektori A. Usmankulov, öquv işlari böyiça prorektor M. Oçilov, akademik litsey direktori M. Goziyeva, litsey pedagogik jamoasi, ota-onalar hamda öquvçi-yoşlar iştirok etdi.
Uçraşuv davomida institut rektori öquvçi-yoşlarni öquv yili yakunlari bilan samimiy tabriklab, ularning ta’lim, fan, sport va jamoat işlaridagi muvaffaqiyatlarini alohida e’tirof etdi. Şuningdek, Jizzax politexnika institutida mavjud ta’lim yönalişlari, talaba-yoşlar uçun yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar, xalqaro hamkorlik dasturlari hamda istiqbolli imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbirda 2026-yil 20–27-aprel kunlari Namangan şahrida ötkazilgan II Abu Ali ibn Sino Xalqaro biologiya olimpiadasi (AIBO)da kumuş medalni qölga kiritgan hamda Rossiya Federatsiyasining Soçi şahrida bölib ötgan biologiya fanidan oçiq xalqaro olimpiadada bronza medal sovrindori bölgan Karimov Diyorjon Uluğbek öğli va uning ustozlari munosib taqdirlandi.
Şuningdek, akademik litseyning 2025–2026-öquv yili davomida a’lo natijalarga erişgan, “Rektor stipendiyasi” va “Akademik litsey iftixori” stipendiyalari sovrindori bölgan, şuningdek, sport musobaqalarida yuqori natijalarni qayd etgan öquvçi-yoşlar faxriy yorliqlar hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Mazkur uçraşuv yoşlarni ilm-fan, sport va ijodiy faoliyatda yanada yuqori marralarni zabt etişga ruhlantiriş, ularning intellektual salohiyatini qöllab-quvvatlaş hamda kelgusidagi yutuqlari uçun munosib rağbat yaratişga xizmat qildi.