"Tozamakon" ekologik taşabbusi: yoşlar tabiat himoyasida birlaşdi

Toşkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari Qoraqalpoğiston Respublikasida taşkil etilgan “Tozamakon” ekologik aksiyasida faol iştirok etişdi. Uşbu ezgu taşabbus doirasida yoşlar atrof-muhitni muhofaza qiliş, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni şakllantiriş hamda ekologik madaniyatni yuksaltirişga qaratilgan işlarda öz hissalarini qöşdilar.

Tadbir davomida talabalar hududlarni tozalaş, çiqindilarni tartibga keltiriş va yaşil muhitni asraş böyiça amaliy faoliyatlarda qatnaşib, ekologik mas’uliyatni çuqur his etişlarini namoyon etdilar.
Bunday taşabbuslar yoşlar orasida ekologik ongni rivojlantiriş, tabiatni asraş madaniyatini keng tarğib qiliş hamda kelajak avlod uçun soğlom va toza muhit yaratişga xizmat qiladi.