Nobel mukofoti sovrindori Hiroşi Amano Özbekiston Milliy universitetining Faxriy professori böldi

Fizika böyiça Nobel mukofoti sovrindori, Nagoya universiteti maxsus professori (Tokunin Professor) Hiroşi Amanoga Özbekiston Milliy universiteti Kengaşi qarori bilan “Faxriy professor” unvoni berildi. Şu munosabat bilan joriy yilning 26-may kuni Nagoya universitetining Higaşiyama kampusida tantanali taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Taqdirlaş marosimida Özbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidovning Nobel mukofoti sovrindoriga yöllagan samimiy tabrigi öqib eşittirildi.
Uşbu tantanali tadbir Yaponiya va xalqaro ommaviy axborot vositalari e’tiborida böldi. Xususan, mazkur taşrif va taqdirlaş marosimi Yaponiyaning eng yirik naşrlaridan biri — “Yomiuri Şimbun” gazetasida yoritildi. Ma’lumot uçun, kuniga ikki marta (ertalab va keçqurun) çop etiladigan uşbu nufuzli gazetaning adadi (tiraji) 6 million nusxani taşkil etadi. Uning rasmiy veb-saytiga esa kuniga örtaça 30 milliondan ortiq foydalanuvçi taşrif buyuradi.