Nukusdagi “Döstlik festivali” oliy ta’lim muassasalarini bir nuqtada jamladi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ötkazilgan “Döstlik festivali” mamlakatimizning turli hududlaridan taşrif buyurgan talaba-yoşlar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillarini yagona maqsad atrofida birlaştirgan yirik ijtimoiy-madaniy tadbirga aylandi.
Festival doirasida Toşkent şahri va respublikaning qator hududlaridan kelgan delegatsiyalar tantanali kutib olinib, Qoraqalpoğistonning boy madaniyati, milliy qadriyatlari va mehmondöstlik an’analari namoyiş etildi. Festival dasturidan sport musobaqalari, zakovat bellaşuvlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda tarixiy-madaniy maskanlarga sayohatlar örin oldi. Xususan, Mizdaqxon tarixiy-arxeologik majmuasi, I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi hamda Möynoq tumaniga uyuştirilgan safarlar iştirokçilarda yurtimizning boy tarixi va madaniy merosiga nisbatan yanada katta qiziqiş uyğotdi. Möynoq safari davomida Qönğirot tumanidagi 43-sonli umumta’lim maktabida “Bir kitob — ming döst” şiori ostida ma’rifiy aksiya doirasida kitoblar sovğa qilindi.