“Yangi Özbekiston talabalari Olimpiadasi” jamoalarning bellaşuv tartibi aniqlandi

05.06.20263

“Yangi Özbekiston talabalari Olimpiadasi” jamoalarning bellaşuv tartibi aniqlandi

     

Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Yangi Özbekiston talabalari Olimpiadasi” kompleks sport musobaqalari tayyorgarlik doirasida sport turlari böyiça mandat va qur’a taşlaş marosimlari bölib ötdi.

Tadbirda musobaqalarda iştirok etuvçi jamoalar vakillari, murabbiylar, hakamlar hamda mas’ul taşkilotçilar qatnaşib, musobaqalarni ötkaziş tartibi, reglament talablari va taşkiliy masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Mandat komissiyasi tomonidan jamoalarning hujjatlari körib çiqilib, iştirokçilarning musobaqa nizomiga muvofiqligi tekşirildi. Şundan söng yengil atletika, gandbol, voleybol va futbol sport turlari böyiça qur’a taşlaş marosimi ötkazilib, jamoalarning bellaşuv tartibi hamda musobaqa jadvali aniqlandi.