“Ilmli ayol – kuçli jamiyat” mavzusida xotin-qizlar ta’lim forumi bölib ötdi

12.06.20263

“Ilmli ayol – kuçli jamiyat” mavzusida xotin-qizlar ta’lim forumi bölib ötdi

🇺🇿 Özbekiston Milliy universitetida “Ilmli ayol – kuçli jamiyat” mavzusida xotin-qizlar ta’lim forumi taşkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Gulşana Xudoyarova, Hilolaxon Yusupova va Madina Baratova, şuningdek Olmazor tumani hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Sevara Xaşimova iştirok etdi. Tadbirni universitetning xotin-qizlar masalalari böyiça rektor maslahatçisi Ra’no Rustamova olib bordi.

Forum oçilişida sözga çiqqan ma’ruzaçilar jamiyat taraqqiyotida ayollarning örni, ularning ilm-fan va ta’lim sohasidagi faolligini oşiriş hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi iştirokini kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Şuningdek, tadbirda xotin-qizlarning ilm olişga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va jamiyat hayotidagi faolligini kuçaytiriş böyiça fikr va takliflar bildirildi.