Milliy jamoamizning Kolumbiya terma jamoasiga qarşi bahsi millionlab futbol ixlosmandlari qatori Andijon davlat çet tillari instituti jamoasi tomonidan ham katta qiziqiş bilan kuzatildi.

18.06.20263

TARIXIY UÇRAŞUV ADÇTI JAMOASI E’TIBOR MARKAZIDA

     

⚽️2026-yilgi FIFA Jahon çempionatida Özbekiston milliy terma jamoasining ilk uçraşuvi mamlakatimiz sport tarixida muhim sahifa sifatida qayd etildi. Milliy jamoamizning Kolumbiya terma jamoasiga qarşi bahsi millionlab futbol ixlosmandlari qatori Andijon davlat çet tillari instituti jamoasi tomonidan ham katta qiziqiş bilan kuzatildi.

⚽️Uçraşuvni tomoşa qiliş maqsadida institutning professor-öqituvçilari, talabalar, rahbar va xodimlari Faollar zalida jam bölib, milliy terma jamoamizni qöllab-quvvatladilar. Katta ekran orqali taşkil etilgan jamoaviy tomoşa iştirokçilarga özgaça taassurot va kötarinki kayfiyat ulaşdi.

⚽️Tadbir davomida futbol muxlislari uçun qulay şaroitlar yaratilib, institut ramzlari tuşirilgan muxlislik atributlari, içimliklar hamda popcornlar taqdim etildi. Bu esa tarixiy uçraşuvni haqiqiy sport bayramiga aylantirdi.

🏆Jamoaviy tomoşa jarayonida iştirokçilar milliy terma jamoamizning har bir harakatini katta hayajon bilan kuzatib, ularga muvaffaqiyat tiladilar. Bunday tadbirlar nafaqat sportga bölgan qiziqişni oşiriş, balki jamoaviylik, birdamlik va vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qiladi.