Fidoyilik va sadoqatga ehtirom

Nizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universitetida taʼlim sohasi rivojiga munosib hissa qöşgan, universitetda 50 yildan ortiq samarali faoliyat yuritgan, mehnat faoliyatini laborantlikdan boşlab prorektor lavozimigaça bölgan şarafli yölni bosib ötgan, bugungi kunda universitet Kasaba uyuşmasi qömitasi raisi sifatida faoliyat olib borayotgan Said-Nosir Fayzullayevning 70 yillik yubileyi nişonlandi.

Tadbirda ustozning şogirdlari, köp yillik hamkasblari hamda universitet jamoasi iştirok etib, uning ta'lim tizimidagi xizmatlari, fidokorona mehnati va insoniy fazilatlarini alohida e'tirof etdilar. Samimiy tabriklar, ezgu tilaklar va iliq xotiralar bilan boyigan uşbu uçraşuv ustozga bölgan yuksak hurmat va ehtiromning yana bir ifodasi böldi.
Said-Nosir Fayzullayevni muborak 70 yillik yubileyi bilan yana bir bor tabriklaymiz. Ustozga mustahkam soğlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat va pedagogika rivoji yölidagi şarafli faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!