Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasidada “Sport – salomatlik tayançi” mavzusida “Hamkorlik kubogi” sport musobaqalari ötkazildi

Bugungi kunda yurtimizda aholi orasida soğlom turmuş tarzini tatbiq etiş va ommaviy sportni rivojlantiriş borasida tizimli islohotlar olib borilmoqda.
Ma’lumki, joriy yilning 7-aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qömitasi raisi Şavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişi ötkazilgan edi.
Uşbu yiğilişda davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari va xodimlarining sport bilan şuğullanişlarini yangi bosqiçga olib çiqiş belgilangan edi.
Şu maqsadda bugun Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida “Yoşlar – kelajak bunyodkori” şiori ostida mahalla yoşlari uçun “Sport – salomatlik tayançi” mavzusida “Hamkorlik kubogi” sport musobaqalari ötkazildi.
Mazkur bellaşuvlar Akademiyada an’anaviy tarzda taşkil etilib kelinmoqda. Uçinçi marotaba ötkazilayotgan musobaqada jamoalar sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, şaxmat-şaşka kabi sport turlari böyiça bellaşdilar.
Toşkent şahar Sport boşqarmasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan sport musobaqalarida Toşkent şahridagi mahalla yoşlari, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toşkent davlat texnika universiteti jamoalari iştirok etdi.