Urganç davlat pedagogika institutida innovatsion loyihalar tanlovi ötkazildi

14.08.20263

Urganç davlat pedagogika institutida innovatsion loyihalar tanlovi ötkazildi

       

Urganç davlat pedagogika institutida yoşlarning innovatsion ğoyalari va startap loyihalarini qöllab-quvvatlaş, ularning ilmiy va amaliy salohiyatini rivojlantiriş maqsadida innovatsion loyihalar tanlovi ötkazildi.

Tadbirda Urganç davlat pedagogika instituti rektori v.b. D.Abdullayev, Urganç Yoşlar Texnoparki direktori B.Kurbanniyozov, IMMDM XVF boş maslahatçisi A.Abduşaripov hamda Innovatsion rivojlaniş agentligi Xorazm viloyati hududiy bölinmasi xodimi Ş.Ahmedov iştirok etdi.

Tanlov doirasida institut yoşlarining startap loyihalari körib çiqilib, ularning dolzarbligi, innovatsionligi, amaliy ahamiyati hamda kelgusidagi istiqbollari baholandi. Loyihalarni saralaş jarayoni mustaqil ekspertlar, ilmiy doiralar vakillari, biznes va işlab çiqariş korxonalari mutaxassislaridan taşkil topgan ekspert komissiyasi tomonidan amalga oşirildi.

Tanlov jarayonida iştirokçilarning loyihalarini yanada takomillaştiriş, ularni amaliyotga joriy etiş hamda prototiplarini yaratiş böyiça mutaxassislar tomonidan zarur tavsiya va takliflar berildi.