Xorazmda stritbol böyiça Respublika final bosqiçida ÖzDJTU talabasi çempion böldi

“Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida stritbol böyiça respublika final bosqiçi 11–13-avgust kunlari Urganç olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazida yuqori saviyada ötkazildi.
Musobaqada mamlakatimizning 14 ta hududidan 140 nafar yoş sportçi iştirok etib, tezkorlik, aniqlik, jamoaviy hamjihatlik va mahoratini namoyiş etdi.
Yakuniy natijalar:
22–30 yoş toifasi:
1-Toşkent şahri
2-Xorazm viloyati
3-Samarqand viloyati
Quvonarlisi, Toşkent şahar terma jamoasi sardori, musobaqaning eng yaxşi öyinçisi nominatsiyasiga Xalqaro jurnalistika fakulteti 2302-guruh talabasi ALIQULOVA FERUZA ERKINOVNA loyiq körildi.
Yakunda ğolib va sovrindorlar diplom, medal hamda qimmatbaho va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.