Buxoroda akademiklar va yoş olimlar iştirokida ilmiy muloqotlar ötkazildi

17.08.20264

Buxoroda akademiklar va yoş olimlar iştirokida ilmiy muloqotlar ötkazildi


         
Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro davlat texnika universitetida Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining taniqli olimlari va akademiklari iştirokida ilmiy-ma’rifiy uçraşuvlar taşkil etildi.

Ilmiy muloqotlarda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti akademigi Ötkir Roziqov, S.Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti boş ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Qodir Ğulomov, iqtisod fanlari doktori, professor, akademik Qalandar Abdurahmonov hamda huquqşunoslik fanlari doktori, professor, akademik Akmal Saidov iştirok etdi.

Akademiklar Buxorodagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati, ta’lim-tadqiqot faoliyati va rivojlaniş loyihalari bilan tanişib, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş hamda ilmiy maktablarni rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşdilar.

Bunday muloqotlar yoş olimlarni qöllab-quvvatlaş va ilmiy salohiyatni oşirişga xizmat qilmoqda.