Boş prokuror örinbosari Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi

19.08.20264

Boş prokuror örinbosari Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi

       
 

Boş prokurorning birinçi örinbosari B.Valiev rahbarligida Respublika idoralararo muvofiqlaştiruvçi ştabi va uning işçi guruhi a’zolari tomonidan Sirdaryo viloyatida örganişlar olib borilmoqda. Örganişlar doirasida Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida amalga oşirilayotgan işlar, ta’lim jarayoni, yoşlar bilan işlaş tizimi, profilaktik tadbirlar, innovatsion loyihalar hamda kiberxavfsizlik yönalişidagi faoliyat bilan yaqindan tanişildi.

Xususan, filial hamda Sirdaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi hamkorligida taşkil etilgan “Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik” öquv markazi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur markazda yoşlar va aholining raqamli savodxonligini oşiriş, zamonaviy kiberxavflardan himoyalaniş könikmalarini şakllantiriş, sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalaniş hamda kiberjinoyatlarning oldini olişga qaratilgan öquv va tarğibot maşğulotlari yölga qöyilgani qayd etildi.

Şuningdek, filialda faoliyat yuritayotgan “Qalqon” jamoatçilik guruhi va volontyorlar faoliyati ham örganildi. Ularning talaba-yoşlar örtasida huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş, soğlom muhitni şakllantiriş, yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş hamda turli profilaktik tadbirlarda faol iştirok etiş borasidagi işlari körib çiqildi.

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida uyuşmagan yoşlar bilan işlaş, ularni ta’lim, kasb-hunar, sport va ijodiy faoliyatga jalb etiş maqsadida taşkil etilgan tögaraklar hamda öquv markazlari faoliyatiga ham e’tibor qaratildi. Yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş va ularning ijtimoiy faolligini oşiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Taşrif davomida filial talabalari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot işlari va innovatsion loyihalar ham namoyiş etildi. Jumladan, yoşlar tomonidan yaratilgan elektr maşinalar, texnik işlanmalar va boşqa amaliy loyihalar bilan tanişilib, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr almaşildi.

Şuningdek, yoşlarning ilmiy salohiyatini qöllab-quvvatlaş, innovatsion ğoyalarini amaliy loyihalarga aylantiriş, ularni zamonaviy kasblarga yönaltiriş hamda raqamli muhitdagi xavfsizligini ta’minlaş borasidagi işlarni yanada takomillaştiriş yuzasidan tegişli tavsiya va takliflar bildirildi.