Samarqandda “Kelajak tadbirkori Expo–2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi bölib ötmoqda

27.08.20264

Samarqandda “Kelajak tadbirkori Expo–2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi bölib ötmoqda

       

Bugun, 27-avgust kuni Samarqand şahrida aholi va yoşlarning bandligini ta’minlaş, ularni zamonaviy kasblarga yönaltiriş hamda tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş maqsadida “Kelajak tadbirkori Expo–2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi ötkazilmoqda.

Mazkur tadbir Markaziy bank, Milliy bank, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Yoşlar işlari agentligi, Savdo-sanoat Palatasi va Kambagalikni qisqartiriş va bandlik vazirligi hamkorligida taşkil etilmoqda.
 

Yarmarkaning asosiy yönalişlaridan biri — “Işga marhamat” körgazmasi. Mazkur hududda mahallalarda bandligi ta’minlanmagan aholi va yoşlar uçun mavjud böş iş örinlari taqdim etilib, fuqarolar iş beruvçi taşkilotlar vakillari bilan bevosita muloqot qiliş imkoniyatiga ega bölmoqda. Suhbatlar davomida işga joylaşiş böyiça dastlabki kelişuvlarga erişiş közda tutilgan.