“Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari bölib ötdi

28.08.20264

“Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari bölib ötdi

          
Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Özbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-öqituvçilari va xodimlari örtasida “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari taşkil etildi.

Musobaqalar 27–28-avgust kunlari universitet sport majmuasida ötkazilib, unda universitet jamoasi vakillari sportning basketbol va voleybol turlari böyiça özaro bellaşdilar.

Basketbol bahslarida erkak professor-öqituvçilar va xodimlar iştirok etgan bölsa, voleybol musobaqalarida ayol professor-öqituvçilar va xodimlar jamoalari kuç sinaşdilar.

Musobaqalar davomida iştirokçilar yuqori faollik, jamoaviy hamjihatlik va sportga bölgan qiziqişlarini namoyon etdilar.