Namangan davlat universitetida “Mustaqillikning 35 yilligi” nomli ikkita yangi talabalar turar joyi foydalanişga topşirildi

Namangan davlat universitetida Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati jami 1 200 nafar talabaga möljallangan ikkita yangi talabalar turar joyining oçiliş marosimi bölib ötdi.
Oçiliş marosimida Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzaqov, Namangan davlat universiteti rektori Abduğaffor Qirğizboyev, viloyat sektor rahbarlari, professor-öqituvçilar, talabalar hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Yangi talabalar turar joylarida kutubxona, kompyuter xonasi, oşxona, ma’naviyat xonasi, kir yuviş va dazmollaş xonalari taşkil etildi. Binolar Wi-Fi va videokuzatuv tizimlari bilan ta’minlandi. Nogironligi bölgan talabalar uçun ham qulay şaroitlar yaratildi.
Yangi binolarning foydalanişga topşirilişi natijasida NamDUdagi talabalar turar joylari soni 4 taga, jami örinlar soni qariyb 2 100 taga yetdi. Talabalarni turar joy bilan qamrab oliş darajasi 60 foizga yetkazildi.