ITUda yangi öquv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Innovatsion texnologiyalar universiteti Innovatsion texnologiyalar va biznes fakultetida kafedra mudirlari, dekan örinbosarlari hamda tyutorlar iştirokida pedagogik kengaş yiğilişi ötkazildi.
Yiğilişni fakultet dekani Konisbay Bekimbetov oçib, iştirokçilarni Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026–2027-öquv yili bilan samimiy tabrikladi.
Yiğiliş davomida yangi öquv yiliga tayyorgarlik köriş, öquv jarayonini samarali taşkil etiş, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy işlar samaradorligini oşirişga qaratilgan yillik iş reja muhokama qilindi.
Şuningdek, belgilangan vazifalarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş, öquv yili davomida rejalaştirilgan işlarning ijrosini ta’minlaş yuzasidan kafedra mudirlariga tegişli topşiriq va tavsiyalar berildi.