Yangi öquv yili boşlandi

07.09.20264

Yangi öquv yili boşlandi

        

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida 2026–2027-öquv yilining boşlanişi munosabati bilan tantanali marosim bölib ötdi.

Tantanali marosimni universitet rektori Feruza Madrahimova oçib berib, yangi öquv yili ostonasida turgan talabalarni samimiy muborakbod etdi. Rektor öz tabrigida talabalik — inson hayotidagi eng unutilmas va mas’uliyatli davrlardan biri ekanini ta’kidlab, yoşlarni bilim olişga, izlanişga, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilişga va universitet şa’nini munosib himoya qilişga çorladi.

Marosimda universitetning faxriy ustozlari bilan birgalikda Özbekiston Qahramoni Anora Maxmudova iştirok etib, talabalarni yangi öquv yilining boşlanişi bilan samimiy tabrikladilar. Ular yoş avlodga ta’lim va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, ilmiy izlanişlarida yuksak natijalar tiladilar.

Tadbir davomida talabalikka tavsiya etilgan 1-bosqiç talabalari tomonidan “Talabalik qasamyodi” qabul qilindi.

Talabalik maqomingiz muborak bölsin, aziz yoşlar!