REKTOR 3-TTJDA TALABA-YOŞLAR BILAN SAMIMIY MULOQOT OLIB BORDI

11.09.20264

REKTOR 3-TTJDA TALABA-YOŞLAR BILAN SAMIMIY MULOQOT OLIB BORDI

       

Andijon davlat pedagogika institutida har haftaning payşanba — “Yoşlar kuni” doirasida talaba-yoşlarning taklif va taşabbuslarini tinglaş, ularning muammolarini bevosita örganiş hamda rahbariyat bilan oçiq muloqotni yanada mustahkamlaşga qaratilgan uçraşuvlar davom etmoqda.

Şu munosabat bilan institut rektori Baxtiyor Rasulov 3-sonli Talabalar turar joyida yaşovçi talaba-yoşlar bilan uçraşib, ular bilan samimiy va oçiq muloqot olib bordi.

Uçraşuv davomida rektor talabalar bilan ularning öqişi, böş vaqtini mazmunli taşkil etişi, TTJdagi yaşaş şaroitlari, mavjud imkoniyatlar hamda yoşlarni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan suhbatlaşdi. Talabalar öz fikr-mulohazalari, taklif va taşabbuslarini bevosita institut rahbariga bildiriş imkoniyatiga ega böldilar.

Muloqot jarayonida talabalarning murojaatlarini tinglaş va ularni öz vaqtida hal etiş, TTJda qulay va xavfsiz muhitni ta’minlaş, yoşlarning ijtimoiy faolligini qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, rektor Baxtiyor Rasulov talaba-yoşlarni yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanişga, bilim oliş va öz ustida muntazam işlaşga, institutning ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport hamda jamoatçilik hayotida faol iştirok etişga çaqirdi.

“Yoşlar kuni” doirasidagi bunday oçiq muloqotlar talabalarning fikrini bevosita eşitiş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda mavjud masalalarga joyida yeçim topişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.