Qöqon ixtisoslaştirilgan san’at maktabida ijodiy uçraşuv ötkazildi!

16.09.20264

Qöqon ixtisoslaştirilgan san’at maktabida ijodiy uçraşuv ötkazildi!

          
 

✅ Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rahbariyati Özbekiston Badiiy akademiyasi rahbariyati bilan birgalikda Qöqon ixtisoslaştirilgan san’at maktabida xizmat safarida böldi. Taşrif davomida maktabdagi ta’lim jarayoni, öquvçilar uçun yaratilgan şaroitlar hamda ijodiy yönalişlar bilan tanişildi. Taşrif doirasida maktabda yangi körgazmalar galereyasining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

💬 Tadbirda Özbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Özbekiston xalq rassomi
Akmal Nuridinov, institutimiz rektori Omonulla Salixov, institutimiz akademigi, Özbekiston xalq rassomi Javlon Umarbekov, Qöqon şahar hokimi Ma’rufjon Usmonov hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etib, mehmonlar yangi galereyada namoyiş etilgan Tasviriy va amaliy san’at bölimi öqituvçilarining “Ijod olami” nomli körgazmasi bilan tanişdilar.

💬 Şuningdek, san’at namoyandalari, maktab öqituvçilari va öquvçi-yoşlar iştirokida ijodiy uçraşuv taşkil etildi. Unda ustozlar özlarining ijodiy faoliyati va san’at sohasidagi tajribalari haqida fikr bildirib, öquvçilarning savollariga javob berdilar. Uçraşuv davomida institutimiz akademigi, Özbekiston xalq rassomi
Javlon Umarbekov tomonidan maktab kutubxonasi va öquvçilariga şaxsiy ijodiy kataloglar taqdim etildi.

🏛 Şu bilan birga, tadbir doirasida vakillarimiz tomonidan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutidagi ta’lim yönalişlari va talabalar uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

✅ Mazkur taşrif va ijodiy uçraşuv maktab va oliy ta’lim bosqiçi örtasidagi ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlaş, iqtidorli öquvçilarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning san’at yönalişlarida ta’limini davom ettirişlari uçun zarur imkoniyatlarni kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etdi.