Talaba qizlar sport bilan muntazam şuğullanmoqda

18.09.20264

Talaba qizlar sport bilan muntazam şuğullanmoqda

           

Universitet talabalar turar joylarida istiqomat qiluvçi talaba qizlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş va jismoniy faolligini oşiriş maqsadida muntazam ravişda sport maşğulotlari taşkil etilmoqda.

 Maşğulotlar davomida talaba qizlar turli sport turlari bilan şuğullanib, jismoniy çiniqiş, çaqqonlik, epçillik va çidamlilik kabi muhim könikmalarini rivojlantirmoqda. Sport maşğulotlari jarayonida özaro hamjihatlik, jamoaviylik va döstona muhit ham mustahkamlanmoqda.

Sport — bu nafaqat jismoniy soğlomlik, balki kuçli iroda, qat’iyat va intizom maktabidir. Muntazam jismoniy faollik talabalarning kundalik hayotini yanada mazmunli taşkil etiş, kayfiyatini kötariş va faol hayot tarzini şakllantirişga xizmat qiladi.

 Bunday maşğulotlar yoşlarning soğlom va faol hayot tarzini qaror toptiriş bilan birga, ularda öziga bölgan işonç, jamoada işlaş, maqsad sari intiliş va teran fikrlaş kabi fazilatlarni rivojlantirişga ham zamin yaratadi.

Soğlom talaba — faol talaba! Faol yoşlar esa yurt kelajagining mustahkam poydevoridir!