FarDU talabasi yozgi Osiyo öyinlarida universitet tarixidagi ilk medalni qölga kiritdi

22.09.20264

FarDU talabasi yozgi Osiyo öyinlarida universitet tarixidagi ilk medalni qölga kiritdi

       

Farğona davlat universiteti Jismoniy madaniyat va sport faoliyati fakulteti 2-bosqiç talabasi Humoyunmirzo Halimov sportning karate turi böyiça Aiçi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo öyinlarida munosib iştirok etib, kumuş medalni qölga kiritdi.

Sportçimiz 55 kg vazn toifasida bellaşuvlarda qatnaşib, yuqori mahorat, kuçli iroda va qat’iyat namoyiş etdi. Murosasiz keçgan bahslarda munosib natija qayd etib, Osiyo öyinlarining sovrindori böldi.

Mazkur yutuq Farğona davlat universiteti uçun ham alohida ahamiyatga ega. Humoyunmirzo Halimovning kumuş medali FarDU talabalarining yozgi Osiyo öyinlaridagi ilk medali sifatida tarixga kirdi.

Uşbu natija talabaning köp yillik mehnati, muntazam maşğulotlari, murabbiylar mehnati hamda sportga bölgan fidoyiligining yorqin samarasidir.

Farğona davlat universiteti jamoasi Humoyunmirzo Halimovni uşbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi xalqaro musobaqalarda ulkan zafarlar tilaydi!