GulDU talabasi CISM I-Jahon harbiy kuraş Challenge musobaqasida oltin medalni qölga kiritdi

22.09.20264

 GulDU talabasi CISM I-Jahon harbiy kuraş Challenge musobaqasida oltin medalni qölga kiritdi

         

Guliston davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti 4-bosqiç talabasi Hilola Ortiqboyeva xalqaro miqyosdagi nufuzli sport musobaqasida muvaffaqiyatli iştirok etib, yuksak natijaga erişdi.

Hilola Ortiqboyeva CISM — Xalqaro harbiy sport kengaşi tomonidan harbiylar örtasida kuraş sport turi böyiça taşkil etilgan I-Jahon harbiy kuraş Challenge musobaqasida 57 kg vazn toifasida mamlakatimiz şarafini munosib himoya qildi.

Murosasiz va keskin keçgan bahslarda özining puxta tayyorgarligi, kuçli irodasi, texnik mahorati va qat’iyatini namoyon etgan sportçi barça raqiblarini mağlubiyatga uçratib, musobaqada 1-örinni egalladi hamda oltin medalni qölga kiritdi. 

Mazkur yutuq Hilola Ortiqboyevaning sportdagi salohiyati bilan bir qatorda, Guliston davlat universitetida talaba-yoşlarning sport bilan muntazam şuğullanişi va yuqori natijalarga erişişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlarning samarasi sifatida ham e’tiborga loyiq.

Sportçining xalqaro maydondagi uşbu muvaffaqiyati Özbekiston talaba-sportçilarining nufuzli musobaqalarda munosib iştirok etib, Vatanimiz bayroğini yuksaklarga kötarayotganining yana bir yorqin namunasidir.

Guliston davlat universiteti jamoasi Hilola Ortiqboyevani uşbu ulkan ğalaba bilan samimiy muborakbod etadi va unga kelgusidagi sport faoliyatida yangi zafarlar, mustahkam iroda hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!