Bir orzu — bir imkoniyat — katta natija!

Yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlar ularning bilim va salohiyatini röyobga çiqariş, katta maqsadlar sari intilişini qöllab-quvvatlaşga xizmat qilmoqda.
23-sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga taşrifi doirasida faollar bilan uçraşuvda ham yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning orzu va maqsadlarini amalga oşiriş uçun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Ana şunday imkoniyatlardan biri Andijon viloyati Oltinköl tumani Töptik MFYda yaşovçi, 48-umumtaʼlim maktabining 11-sinfida tahsil olayotgan Marjona Adhamjonova uçun ham katta rağbat böldi.
Marjona maktabdagi öqişi bilan bir qatorda xorijiy tillarni örganişga jiddiy eʼtibor qaratib kelmoqda. U ingliz tili hamda ona tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikatlarga ega. Ayni paytda u kelgusi yilda oliy taʼlim muassasasi talabasi böliş maqsadida tayyorgarlik körmoqda.
Şu munosabat bilan Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Töxtasinov, universitet rahbariyati vakillari, Andijon viloyati hokimi örinbosari Komiljon Komilov, Oltinköl tumani hokimi Otavuolloxon Rasulov hamda Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengaşi raisi, “Nuroniy” uyuşmasi Andijon viloyati bölimi rahbari Öktamjon Oxunov Marjonaning xonadonida bölib, uni uşbu quvonçli voqea bilan tabrikladi.