“Talaba xulq-atvoridagi taşviş belgilarini erta payqaş” mavzusida seminar-trening taşkil etildi

28-sentabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida universitet psixologi Z. Xayrullayeva, Birinçi ingliz tili fakulteti va Ikkinçi ingliz tili fakulteti dekan örinbosarlari N. Lapasov hamda Z. Xasanov hamkorligida tyutorlarning ijtimoiy-psixologik faolligini oşiriş, talabalarda namoyon böladigan taşviş va emotsional zöriqiş belgilarini erta aniqlaş hamda ularni psixologik-pedagogik qöllab-quvvatlaş könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan seminar-trening ötkazildi.
Seminar-trening davomida talabalarda kuzatilişi mumkin bölgan xavotir, emotsional zöriqiş, ijtimoiy çekiniş, kayfiyatning beqarorligi, öquv motivatsiyasining pasayişi, muloqot faolligining susayişi, diqqat va e’tibor tarqoqlaşuvi kabi holatlarning xulq-atvordagi taşqi belgilari haqida ma’lumot berildi. Amaliy maşğulotlarda tyutorlarga talabalarning odatiy xulq-atvoridagi özgarişlarni kuzatiş, psixologik xavf omillarini öz vaqtida ilğaş, faol tinglaş, empatik muloqot örnatiş, individual yondaşuvni qöllaş hamda zarur hollarda talabani universitet psixologik xizmatiga yönaltiriş böyiça tavsiyalar berildi.
Şuningdek, trening davomida “kuzatuvçanlik”, “empatik tinglaş”, “psixologik qöllab-quvvatlaş”, “ijtimoiy moslaşuv”, “emotsional holatni baholaş”, “psixologik profilaktika” va “erta psixologik aniqlaş” kabi tuşunçalarning amaliy mazmuni yoritildi. Tyutorlarning talabalar bilan kundalik muloqot jarayonida psixologik jihatdan xavfsiz va işonçli muhitni şakllantirişdagi roli alohida ta’kidlandi.