“Beş taşabbus olimpiadasi”: talabalar örtasida ommaviy sport musobaqalariga start berildi

30.09.20262

“Beş taşabbus olimpiadasi”: talabalar örtasida ommaviy sport musobaqalariga start berildi


          

Toşkent arxitektura-quriliş universitetida “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida oliy taʼlim muassasalari talabalari örtasida taşkil etilayotgan ommaviy sport musobaqalarining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov, tegişli vazirlik va idoralar vakillari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, Özbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi vakillari hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.

Şuningdek, mamlakatimizda 29-sentabr – 2-oktabr kunlari ötkazilayotgan I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi doirasida Özbekistonga taşrif buyurgan Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) hamda Osiyo universitetlar sporti federatsiyasi (AUSF) rahbariyati vakillari ham marosimda qatnaşdi.

Tantanali marosimda FISU prezidenti Leonz Eder hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov iştirokida musobaqalarga ramziy start beriş tugmasi bosildi. Şu tariqa oliy taʼlim muassasalari talabalari örtasida 2026-yilgi sport bellaşuvlariga rasman start berildi.