“Rahbar va yoşlar” uçraşuvi bölib ötdi

Jizzax politexnika institutida yoşlarning muammolarini örganiş, ularning taklif va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, yoşlar bilan oçiq va samimiy muloqotni yölga qöyiş, şuningdek, ularni kasb-hunarga yönaltiriş va bandligini ta’minlaş masalalariga bağişlangan “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda Jizzax viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy işlar böyiça örinbosari Dilmurod Xudayşukurov, Jizzax viloyati Yoşlar işlari boşqarmasi boşliği Murodbek Raxmonbediyev, Milliy gvardiyaning Jizzax viloyati böyiça boşqarmasi boşliği örinbosari, mayor Sardorbek Tursanaliyev, Jizzax viloyati adliya boşqarmasi vakili, polkovnik Şerzod Hayitov, Özbekiston Yoşlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengaşi raisi Abdurahmon Rabbimov, institut rahbariyati, professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.
Tadbir davomida yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va kasb-hunar egallaş, bandlikni ta’minlaş, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş, huquqiy savodxonlikni oşiriş, böş vaqtni mazmunli taşkil etiş hamda yoşlarning ijtimoiy faolligini yanada oşiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, yoşlarning murojaatlari, taklif va taşabbuslari tinglanib, ularni qöllab-quvvatlaş hamda mavjud muammolarni joyida hal etiş böyiça mas’ullarga tegişli vazifalar belgilandi.
Tadbir doirasida Jizzax viloyati Milliy gvardiya boşqarmasining 89 nafar muddatli harbiy xizmatçisiga 4 ta kasb yönalişi böyiça kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligini tasdiqlovçi sertifikatlar tantanali ravişda topşirildi.
Mazkur taşabbus muddatli harbiy xizmatni ötayotgan yoşlarning zamonaviy va amaliy kasblarni egallaşi, xizmatdan keyingi hayotida munosib iş örniga ega bölişi, özini özi band qilişi hamda kelgusida tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişiga kömaklaşişga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega.
Tadbir yakunida yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning bilim va salohiyatini röyobga çiqariş, kasbiy könikmalarini rivojlantiriş hamda jamiyat hayotidagi faol iştirokini ta’minlaş borasidagi işlarni izçil davom ettirişga kelişib olindi.