“Eco coworking space” — yoşlar uçun yangi imkoniyatlar maskani

Bugun “Payşanba – yoşlar kuni” munosabati bilan Urganç davlat universitetining Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantiriş maqsadida barpo etilgan 100 öringa möljallangan “Eco coworking space” — Ekologik kovorking şiyponçasi foydalanişga topşirildi.
Mazkur maskan ATB “Kapitalbank” homiyligida taşkil etilib, yoşlarning mustaqil ta’lim olişi, kitob mutolaasi, özaro fikr almaşişi va yangi ğoyalar ustida işlaşi uçun qulay muhit yaratadi.
Oçiliş marosimida Urganç davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamda ATB “Kapitalbank” direktor örinbosari Azizbek Şaripov iştirok etdi. Tadbir davomida yangi maskanning ramziy tasmasi kesildi.
Şuningdek, mazkur şiyponçada universitet rektorining talabalar bilan muloqoti taşkil etilib, yoşlarning fikr-mulohazalari, taklif va taşabbuslari tinglandi. ATB “Kapitalbank” tomonidan esdalik sovğalari topşirildi.