Talabalar turar joyida yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi

13.10.20262

Talabalar turar joyida yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi

           

Bugun Özbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida talabalarning yaşaş şaroitlarini örganiş, ularning murojaat va takliflarini tinglaş hamda mavjud masalalarni aniqlaş maqsadida filial direktor maslahatçisi M.Xaydarov tomonidan Talabalar turar joyida istiqomat qiluvçi yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi.

Uçraşuv davomida talabalar bilan oçiq va samimiy suhbat taşkil etilib, ularning TTJdagi yaşaş şaroitlari, kundalik ehtiyojlari, öquv jarayoni bilan boğliq masalalari hamda takliflari örganildi.

Şuningdek, yoşlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni öz vaqtida hal etiş, TTJda yaratilgan şart-şaroitlardan samarali foydalaniş va içki tartib-qoidalarga rioya etiş yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berildi.

Örganiş davomida aniqlangan mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş, tayyorgarlik işlarini jadallaştiriş hamda belgilangan vazifalarni öz vaqtida va sifatli bajariş yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriqlar berildi.