“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi ğoliblari taqdirlandi

14.10.20262

“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi ğoliblari taqdirlandi

          

Janubiy Koreyaning Inçeon şahrida 7–10-oktyabr kunlari ötkazilgan “First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasida Özbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qölga kiritib, 16 ta öyinning barçasida ğalaba qozondi va 637 ball bilan musobaqa rekordini örnatdi.

Uşbu natija bilan vakillarimiz qariyb 190 mamlakat yoşlarini birlaştirgan nufuzli musobaqada mamlakatimizning ilm-fan, muhandislik va texnologiyalar sohasidagi salohiyatini namoyon etdi.
 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Robototexnika böyiça xalqaro musobaqa ğoliblari va ularning murabbiylarini mukofotlaş töğrisida”gi Farmonni imzoladi va şu kuni “Inno” innovatsion öquv-işlab çiqariş texnoparkida xalqaro musobaqa ğoliblari va ularning murabbiylarini tantanali taqdirlaş marosimi bölib ötdi.



Tadbirda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov, Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov va Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Saʼdullayevlar iştirok etib, musobaqa ğoliblari va ularning murabbiylariga mukofotlarni tantanali ravişda topşirdilar.

Erkinjon Turdimov öz nutqida yoşlarning ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi yutuqlari mamlakat kelajagi uçun muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.