Urganç davlat pedagogika institutida intellektual mulk masalalariga bağişlangan davra suhbati ötkazildi

Bugun Urganç davlat pedagogika institutida Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi bilan hamkorlikda intellektual faoliyat natijalarini rağbatlantiriş va innovatsion faoliyatni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan davra suhbati ötkazildi.
Tadbirda Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektor U.Xöjamuratov va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining Ixtiro va foydali modellar xizmati rahbari I.Abdukadirov, “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlaş hamda EHM uçun dastur va maʼlumotlar bazalari bölimi boşliği J.Şamşetov hamda Intellektual mulk obyektlarini tijoratlaştirişga kömaklaşiş va hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimining Xorazm viloyati filiali boş maslahatçisi A.Abduşaripov iştirok etdi.
Davra suhbati institut huzuridagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş markazi faoliyati doirasida taşkil etilib, ilmiy faoliyat natijalarini intellektual mulk obyektlari sifatida muhofaza qiliş hamda ularni amaliyotga tatbiq etiş masalalariga bağişlandi.