Adiblar xiyobonida Özbek tili bayrami davom etmoqda!

21-oktabr – Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan taşkil etilgan bayram tadbiri özbek tilining köp asrlik taraqqiyot yöli, uning milliy madaniyatimiz, davlatçilik rivojidagi örnini aks ettiruvçi badiiy va şe’riy kompozitsiyalar, sahna körinişlari hamda ijodiy taqdimotlar bilan davom etmoqda.
Adiblar xiyobonidagi uluğ şoir va adiblar haykallari yonida oliy ta’lim taşkilotlari tomonidan tayyorlangan çiqişlarda tilimizning gözalligi, söz san’atining qudrati, adabiyotimiz namoyandalarining bebaho merosi hamda ona tilining kelajak avlod tarbiyasidagi örni öz ifodasini topdi.
Uşbu tadbirlar özbek tiliga bölgan yuksak ehtirom, ajdodlar merosiga hurmat hamda milliy qadriyatlarimizga sadoqatning yorqin ifodasi bölmoqda.