“Ma’rifat ulaşib”: yoşlar iştirokidagi qizğin adabiy uçraşuvlar ötkazilmoqda

Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universitetida “Ma’rifat ulaşib” loyihasi doirasida navbatdagi adabiy uçraşuv taşkil etildi. Unda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zolari — Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi, şoira Xulkar Şerzodova hamda yoş yozuvçi Ozod Mustafo iştirok etdi.
Uçraşuv davomida ijodkorlar kitob mutolaasining ahamiyati, adabiy asarlarning yoşlar dunyoqaraşini şakllantirişdagi roli, ijodkor mas’uliyati va söz san’atining inson tafakkuriga ta’siri kabi mavzularda fikr-mulohazalar bildirişdi va öz ijod namunalaridan havola etişdi. Loyiha doirasidagi ma’rifiy uçraşuvlar Navoiy şahridagi 7-sonli umumta’lim maktabida ham davom etdi.
Samimiy ruhda keçgan uçraşuvlarda yoşlar ham özlarining ijod namunalaridan öqib, ijodkorlar bilan bevosita muloqotda böliş imkoniyatiga ega böldilar.