“Raqamli suverenitet va milliy kiberxavfsizlik kuni” mavzusida davra suhbati bölib ötdi.

2026-yil 29-oktabr kuni Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Raqamli suverenitet va milliy kiberxavfsizlik kuni” mavzusida davra suhbati bölib ötdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoşlar örtasida raqamli savodxonlikni oşiriş, internetdan xavfsiz foydalaniş madaniyatini şakllantiriş hamda kiberjinoyatlarning oldini oliş borasidagi bilim va könikmalarni mustahkamlaşdan iborat.
Davra suhbati davomida raqamli suverenitetning mamlakat axborot xavfsizligini ta’minlaşdagi örni, milliy raqamli resurslarni himoya qiliş, şaxsiy ma’lumotlar daxlsizligini saqlaş va internet makonida uçraydigan zamonaviy tahdidlar haqida atrofliça fikr almaşildi.
Şuningdek, iştirokçilarga fişing hujumlari, soxta havolalar, internet firibgarligi va yolğon axborotlardan himoyalaniş, kuçli parollardan foydalaniş hamda ikki bosqiçli autentifikatsiyani yoqiş böyiça muhim tavsiyalar berildi.