#Toşkent kimyo-texnologiya instituti Vinoçilik texnologiyasi va sanoat uzumçiligi fakulteti yoşlari adiblar xiyobonida
Vinoçilik texnologiyasi va sanoat uzumçiligi fakulteti jamoasi tomonidan Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari taşkil etildi.

Joriy yil 17-aprel kuni Toşkent kimyo-texnologiya instituti Vinoçilik texnologiyasi va sanoat uzumçiligi fakulteti yoşlar bilan işlaş böyiça dekan örinbosari T.Ş.Usmonov, sport tarğibotçisi, tyutorlar hamda talaba-yoşlar iştirokida adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda sport musobaqalari taşkil etildi.

Tadbirni Vinoçilik texnologiyasi va sanoat uzumçiligi fakulteti yoşlar bilan işlaş böyiça dekan örinbosari T.Ş.Usmonov kiriş sözi bilan oçib berdi.
Adiblar xiyobonida talabalarning ham ma'naviy ham jismoniy kamol topişlari uçun aqlni çarxlovçi şaxmat-şaşka,Arğimçoqda sakraş hamda milliy qadriyatlarimizni özida mujassam etgan arqon tortiş sport turlari böyiça musobaqalar taşkil etildi.

Atoqli adiblar haykallari qad rostlagan xiyobonda bu kabi taşabbuslarning amalga oşirilişi talaba-yoşlarning nafaqat jismonan çiniqişi, balki ajdodlarimiz faoliyati va ijodiga bölgan qiziqişlarining oşişiga, ulardagi vatanparvarlik jihatlarining yuksalişiga xizmat qiladi.