#Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti talabalari adiblar xiyobonida

Toşkent şahrining muhtaşam maskani Adiblar xiyoboni bugun har qaçongidan gavjum. Sababi poytaxtdagi köplab oliy ta’lim muassasalari öqituvçi va talabalari xiyobonga yiğilişgan.
Bu yerda “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-ma’rifiy haftaligi ötkazilmoqda.
Uşbu tadbirda Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalari ham faol iştirok etişdi. Ular özbek xalqining sevimli şoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova xotirasini abadiylaştiriş maqsadida örnatilgan haykal poyida jam bölib, şoiraning hayoti va ijodi haqida suhbatlaşişdi. Vatanga muhabbat, tabiat manzaralari, kişilarning his-tuyğulari kuylangan şe’rlaridan namunalar öqişdi. Tadbir söngida “Karaoki şou” taşkil etilib, qöşiq kuylaşni yoqtiradigan yoşlar öz mahoratlarini namoyiş etişdi.
